Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
429
42
Sayt test rejimida ishlamoqda...

242026-04-17 11:44

O‘ZBEK JANG SAN’ATI BO‘YICHA OSIYO CHYeMPIONATIDA TOSHLOQ SPORTCHILARI MUNOSIB NATIJALARGA ERISHDI

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2122807851381630.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2122807851384020.jpg

Joriy yilning 6–10 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida bolalar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida sportning O‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada 17 ta davlatdan tashrif buyurgan sportchilar o‘z mahoratlarini namoyon etib, xalqaro miqyosda yuqori saviyada bellashuvlar olib bordilar. Musobaqa tashkil etilishi hamda ishtirokchilar o‘rtasidagi raqobat yuqori darajada kechdi. Mazkur chempionatda Toshloq tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham faol ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritishdi. Ular tuman sharafini munosib himoya qilib, bir qator sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz quyidagi natijalarni qayd etdilar: Muhammadumar Nabijonov — II o‘rin Muhammadhoji To‘g‘unov — III o‘rin Muhammadumar Marufjonov — III o‘rin Muhammadziyo Arifjonov — II o‘rin. Mirzolimov Doniyor — II o‘rin Obidov Sherzod — III o‘rin Tuman sport maktabi tarbiyalanuvchilari erishgan ushbu natijalar Toshloqda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasini yanada yaqqol namoyon etdi. Ishonch bildirib qolamizki, sportchilarimiz kelgusida ham xalqaro va nufuzli musobaqalarda yuksak marralarni zabt etib, yurtimiz sharafini yanada baland ko‘taradilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz