Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
429
42
Sayt test rejimida ishlamoqda...

262026-04-17 11:40

Toshloq tumanidagi 3-texnikumda yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2122807616806715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2122807616807910.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2122807616810300.jpg

Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, Toshloq tumani hokimi hamda bir qator mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot shaklida o‘tib, yoshlarga o‘z fikr va takliflarini erkin bayon etish imkoniyati yaratildi. Tadbir davomida yoshlar ta’lim sifati, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni boshlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, axborot texnologiyalari sohasida rivojlanish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Rahbarlar tomonidan har bir savolga batafsil va aniq javoblar berilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur va loyihalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ayrim muammolar joyida hal etildi, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Uchrashuv yakunida bunday muloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz