Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
429
42
Sayt test rejimida ishlamoqda...

242026-04-17 11:39

Toshloq tumanidagi IT shaharcha hududida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni bartaraf etish va aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni oshirish maqsadida jinoyatchilik muhokamasi tashkil etildi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2122807516539045.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2122807516541435.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2122807516542630.jpg

Ushbu tadbirda tumandagi bir nechta mas’ul tashkilot rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda mutasaddilar ishtirok etdilar. Muhokama davomida hududda qayd etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbir doirasida “e’tibordagi oilalar” farzandlari bilan ochiq muloqot va suhbatlar o‘tkazildi. Suhbatlar davomida yoshlarga jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, qonunbuzarliklar uchun javobgarlik, shuningdek, to‘g‘ri hayotiy yo‘lni tanlashning ahamiyati tushuntirildi. Mas’ullar tomonidan yoshlarning muammolari, taklif va fikrlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz