Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
423
40
Sayt test rejimida ishlamoqda...

562026-02-25 20:28

Toshloq tumani, “O‘zbekiston” MFY,

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117579779868635.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117579779869830.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117579779871025.jpg

Chek ko‘chasida yashovchi Cahobiddin Burhonov o‘z hududida yangi ish o‘rinlari yaratish niyatida mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga murojaat qildi. U o‘z biznes g‘oyasini taqdim etar ekan, mahalladagi 20 nafar imkoniyati cheklangan shaxsni doimiy ish bilan ta’minlash rejasini bildirgan. Tashabbuskor tadbirkor ishchilar uchun maxsus himoya qo‘lqoplari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun hokim yordamchisi ko‘magida 30 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga erishildi. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash natijasida Shahobiddin Burhonov xorijdan 10 ta zamonaviy to‘quv dastgohini olib keldi va ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur sharoitlarni yaratdi. Ayni paytda MFY tomonidan tavsiya etilgan nogironligi bo‘lgan fuqarolarni kasbga o‘qitish ishlari boshlanmoqda. Ularga to‘quvchilik sir-asrorlari o‘rgatilib, yangi uskunalarda ishlash ko‘nikmalari shakllantiriladi. Yaqin kunlarda tadbirkor o‘zining kichik korxonasida qo‘lqop to‘qish faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yib, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bandligini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz