Toshloq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, ta’lim sohasi rahbarlari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, xo‘jalik ishlari mudirlari va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar. Yig‘ilishning asosiy maqsadi ta’lim tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, sohada shaffoflik va adolat tamoyillarini mustahkamlash hamda pedagogik jamoalar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan ta’lim sohasida korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish, xodimlarning mas’uliyatini oshirish, fuqarolar va ota-onalar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, har bir ta’lim tashkilotida “Korrupsiyasiz jamiyat quramiz” kabi bannerlar va axborot stendlari o‘rnatish, ushbu yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini muntazam yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi. Yig‘ilishda kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligini ta’minlash, elektron hujjat aylanmasi va raqamli tizimlarda ochiqlikni ta’minlash kabi dolzarb masalalar ham muhokama etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Toshloq tumani hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.







