Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
346
31
Sayt test rejimida ishlamoqda...

262025-11-13 15:16

Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolari va takliflarini tinglash maqsadida navbatdagi sayyor fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2106819661070600.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2106819661071795.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2106819661072990.jpg

Qabul jarayoni tumandagi davlat tashkilotlari rahbarlari, soha mutasaddilari hamda mahalla faollari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Fuqarolar tomonidan uy-joy masalalari, yer ajratish, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l va infratuzilma muammolari, shuningdek, ish bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat hokim tomonidan alohida eshitildi va tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Abduqahhor Djurabayev ta’kidlaganidek, har bir murojaat ortida inson taqdiri turadi, shu bois fuqarolarning muammolarini kechiktirmasdan hal etish mahalliy hokimiyatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Qabul yakunida fuqarolar o‘zlarining fikr va takliflarini bildirishdi hamda muammolariga e’tibor qaratilgani uchun minnatdorlik izhor etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz