Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
346
31
Sayt test rejimida ishlamoqda...

222025-11-12 14:57

TANISHING: MUHAMMADJON ZIYAYeV – FIDOYI VA MEHNATSEVAR HAYDOVCHI

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2106715065978170.jpg

Inson hayotini asrash, bemorlarga so‘nggi umid bo‘lib yetib borish – bu faqat shifokorlar emas, balki ularning yordamchilari, jumladan tez tibbiy yordam haydovchilari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Shunday fidoyi insonlardan biri — Muhammadjon Ziyayev, 35 yildan beri Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshloq tumani bo‘limida haydovchi sifatida halol va sidqidildan mehnat qilib kelmoqda. Yillar davomida u minglab chaqiruvlarga tezkor javob berib, ko‘plab bemorlarning hayotini saqlab qolishda o‘z hissasini qo‘shgan. Muhammadjon aka o‘z ishiga bo‘lgan sadoqati, mas’uliyati va insonparvarligi bilan hamkasblari va aholi orasida katta hurmat qozongan. Uning mehnati, halol xizmati va tibbiyot sohasidagi uzoq yillik fidokorona faoliyati yuksak davlat darajasida e’tirof etildi. Mamlakatimiz Prezidentining farmoniga muvofiq, Muhammadjon Ziyayev “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Bu mukofot nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki tumandagi barcha sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari uchun ham iftixor manbai bo‘ldi. Muhammadjon Ziyayev misolida mehnatga sidqidil bilan yondashish, insoniyatga xizmat qilish va vijdonan ishlash har qanday kasbda ham e’zozga sazovor ekanini yaqqol ko‘rish mumkin. Bu kabi fidoyi insonlar sog‘lom jamiyat poydevorini mustahkamlashda, insonparvarlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda muhim o‘rin tutadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz