Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
346
31
Sayt test rejimida ishlamoqda...

252025-11-12 14:56

TOSHLOQ TUMANIDA “YASHIL MAKON” TASHABBUSI DOIRASIDA KATTA KO‘LAMLI KO‘CHAT EKISH TADBIRI BOSHLANDI

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2106714990002460.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2106714990003655.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2106714990004850.jpg

Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekotizimni sog‘lomlashtirish va yashil hududlarni ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi izchil davom etmoqda. Davlat rahbari tomonidan bu yo‘nalishda berilgan ko‘rsatmalar va vazifalar asosida har bir hududda amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu jarayonda Toshloq tumanida ham “Yashil makon” loyihasining kuzgi mavsumiga rasman start berildi. Mavsum doirasida “Sadda” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil bog‘” maydonida keng qamrovli ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar xodimlari, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi. Tuman hokimining qurilish va ekologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Dehqonovning ta’kidlashicha, bu yilgi mavsumda Toshloq tumani bo‘ylab jami 529 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. – Har bir ekiladigan ko‘chatning ildiz otishi va parvarishi doimiy nazoratda bo‘ladi, – dedi Avazbek Dehqonov. – Bu jarayonda mahalla faollari, muassasalar va yoshlar ham faol ishtirok etadi. Aksiya qatnashchilari ezgu niyatlar bilan ko‘chat ekish ishlarini boshlab, tumandagi har bir go‘shani yashil maskanga aylantirishga bel bog‘lashdi. Mazkur tashabbus nafaqat tabiatni asrashga, balki aholining ekologik madaniyatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz