Toshloq tumanida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 20 kunlik” tadbir davom etmoqda



Toshloq tumanida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 20 kunlik” tadbir davom etmoqda Toshloq tumanida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 20 kunlik” profilaktik tadbir doirasida ichki ishlar organlari tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati va Probatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan nazoratdagi shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda Farg‘ona viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.Tashpo‘latov ishtirok etib, nazoratda bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazdi. Tadbirda ishtirok etganlarga qonunga bo‘ysunuvchan fuqaro bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish va jamiyatda o‘z o‘rnini topish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, bunday uchrashuvlar huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish va jamoat tartibini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!










