Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
324
30
Sayt test rejimida ishlamoqda...

152025-10-15 18:44

Toshloq tumanidagi umumta’lim maktablarining 5–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “FUTBOLIMIZ KELAJAGI SENING QO‘LINGDA”

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2103840387978790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2103840387981180.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2103840387982375.jpg

Shiori ostida mini-futbol musobaqalarining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqalar yoshlarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, futbol sportiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etildi. Musobaqa jarayonida ishtirokchi jamoalar o‘zaro bellashib, yuqori mahorat va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Har bir uchrashuv qizg‘in va shiddatli tarzda kechdi. Tashkilotchilar tomonidan musobaqa yuqori saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Natijada o‘z tumani yoki maktabi sharafini munosib himoya qilgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. G‘olib bo‘lgan jamoalar hamda faol ishtirok etgan o‘quvchilar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu kabi tadbirlar yosh avlod orasida sportni ommalashtirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va kelajakda milliy terma jamoamiz safini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan iqtidorli futbolchilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz