Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
324
30
Sayt test rejimida ishlamoqda...

242025-10-07 09:59

Toshloq tumanida yangi investitsiya loyihasi amalga oshirildi

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102976714705295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102976714706490.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102976714707685.jpg

Toshloq tumani hududida xorijiy investitsiya hissasi bilan yirik sanoat loyihasi amalga oshirildi. Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda 2,0 million AQSH dollari miqdoridagi “Kungaboqar mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash” korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur loyiha mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulot eksportini kengaytirish hamda tuman iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonada kungaboqar mahsuloti qayta ishlanadi. Shuningdek, mahsulotlarni zamonaviy qadoqlash texnologiyalari orqali tayyor holda ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish rejalashtirilgan. Loyihaning ishga tushirilishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa tumanda bandlik darajasini oshirish, aholining turmush sifatini yaxshilash hamda yoshlarni ish bilan ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi. Keyingi bosqichlarda mahalliy ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish maqsadida qurut, dukkakli mahsulotlar va mag‘iz turlarini qayta ishlash hamda qadoqlash bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu esa Toshloq tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shimcha qiymat qo‘shish, eksport salohiyatini oshirish va hududda sanoat infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu kabi innovatsion va investitsion tashabbuslar tumanning iqtisodiy o‘sishiga turtki berib, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda mahalliy brendlarni shakllantirishga zamin yaratmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz