Toshloq tumanida yangi tibbiy markaz ish boshladi.



Toshloq tumani, “Ko‘lariq” MFY, Chinor ko‘chasida aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida tadbirkor Sherzod Aliyev tomonidan "SOLIHABEGIM MEDICAL SHIFO" MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Loyiha qiymati – 4,0 mlrd so‘mni tashkil etadi. Markaz faoliyati boshlanishi bilan 20 nafar tibbiyot xodimi ish bilan ta’minlandi. Bu esa aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi va soha mutaxassislari uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi. Tibbiy markazning ochilish tadbirida so‘z olganlar aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat sifatini oshirishda ushbu loyihaning muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Yangi ochilgan "SOLIHABEGIM MEDICAL SHIFO" markazi tumanda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholining tibbiy ehtiyojlarini qondirish hamda tibbiy xizmat sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!










