Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
401
40
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1532025-07-31 10:13

TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2095956903586335.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2095956903587530.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2095956903588725.jpg

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir bir qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi. Sessiya davomida 2025 yilning ikkinchi choragida tumanda jinoyatchilikni kamaytirish, korrupsiya holatlarining oldini olish, mahalliy byudjet daromadlarining ijrosi, aholi bandligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari tinglandi. Sessiyada deputatlar tomonidan aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, joylardagi muammolarni bartaraf etish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Mavjud muammolar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessiya yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda har bir masala yuzasidan aniq amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz