Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
396
38
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1242025-07-31 10:06

Toshloqlik pillachi ayol dunyo sahnasida

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2095956369956695.png
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2095956369961475.png
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2095956369967450.png

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi va pilla yetishtirish bilan shug‘ullanadigan mehnatkash ayolning bir kunlik hayoti aks etgan lavha xalqaro ommaviy axborot vositasi — BBC Uzbek efir sahnasida namoyish etildi. Ushbu reportaj nafaqat mahalliy tomoshabinlarda, balki xalqaro jamoatchilikda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Unda ayolning ertalabdan to kechgacha bo‘lgan mehnat faoliyati, pilla parvarishiga bo‘lgan e’tibori, tirishqoqligi va tabiat bilan uyg‘un hayot tarzi atroflicha yoritilgan. E’tiborli jihati shundaki, ushbu lavha 17 ta tilga tarjima qilib, turli mamlakatlardagi auditoriyalarga taqdim etildi. Bu esa, oddiy dehqon ayolning mehnati qanchalik yuksak baholanayotganini va uning faoliyati orqali butun o‘zbek ayolining matonati, sabri va mehnatsevarligi butun dunyoga namoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi. BBC muxbirlari tomonidan tayyorlangan ushbu material orqali Toshloq tumani, uning pillachilik an’analari va shu sohadagi ayollar o‘rni haqida ham keng tasavvur berildi. Reportaj nafaqat axborot maqsadida, balki ilhomlantiruvchi va ruhlantiruvchi targ‘ibot sifatida ham xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz