Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
423
40
Sayt test rejimida ishlamoqda...

11702025-07-24 10:38

Toshloq tumanida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etish maqsadida Farg‘ona viloyati prokurori rahbarligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2095235950465390.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2095235950466585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2095235950473755.jpg

Uchrashuvda tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan yirik va o‘rta biznes vakillari, viloyat prokuraturasi xodimlari, hokimlik mutasaddilari, soliq, bojxona, bank tizimi hamda boshqa mas’ul tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi. Tadbirda tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan huquqiy muammolar, hujjatlashtirishdagi byurokratik to‘siqlar, kredit olishdagi muammolar, yer ajratilishi va infratuzilma masalalari muhokama qilindi. Viloyat prokurori tadbirkorlarning har bir murojaatini alohida eshitib, ularni joyida hal qilish choralarini ko‘rdi. Muloqot davomida tadbirkorlarga qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, ayniqsa, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berildi. Qonun ustuvorligini ta’minlash, tadbirkorlarni asossiz tekshiruvlardan himoya qilish, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratish muhim vazifa ekani ta’kidlandi. Tadbir yakunida Farg‘ona viloyati prokurori tadbirkorlarga murojaat qilib, har qanday muammo yuzasidan erkin murojaat qilishlari, prokuratura organlari tomonidan ularning qonuniy manfaatlari doimiy ravishda himoya qilinishini bildirib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz